Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistonning davlat qarzi haqida ma’lumot berildi

O‘zbekistonning davlat qarzi haqida ma’lumot berildi

2023 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining davlat qarzi 29,2 mlrd dollar yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Bu mamlakat tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich.

Davlat qarzi 2022 yil uchinchi choragiga nisbatan 3,1 mlrd dollarga ko‘paygan. Uch oy ichida davlat qarzining YAIMga nisbatan ulushi ham 2,3 foizga oshgan.

2021 yildan beri davlat qarzining YAIMga nisbatan barqarorlashgani kuzatilayotgan edi. Biroq, 2022 yilning so‘nggi choragida bu tendensiya yakunlandi.

Shuningdek, 2022 yilda O‘zbekiston davlat qarzi 2021 yilga nisbatan 2,9 mlrd dollarga ko‘paydi.

Kiritildi: 10:10 30.03.2023. O'qildi: 5862 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!