Bugun 27 dekabr, 2025 yil, shanba

КИР

Davlat muassasalaridagi raqqosa (raqqos)lar imtiyozli nafaqaga chiqishi mumkin

Davlat muassasalaridagi raqqosa (raqqos)lar imtiyozli nafaqaga chiqishi mumkin

Milliy raqs san’atini yanada rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish hamda ularni moliyalashtirish, ijodkorlar va tadbirlarni moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Hukumatning tegishli qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjat bilan iste’dodli yosh raqqos, raqqosa va baletmeysterlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun sharoitlar yaratish, sohaga yetuk va malakali mutaxassislar keng jalb qilish belgilanmoqda.

Davlat muassasalarida raqs san’ati sohasida faoliyat yuritayotganlarga esa 20 yillik imtiyozli nafaqaga chiqish imkoniyati beriladi. Bunda ular nafaqaga chiqish davrining dastlabki 15 yili raqqos va raqqosalik bilan, qolgan 5 yili baletmeyster va balet bo‘yicha repetitor faoliyati bilan shug‘ullanganligi inobatga olinadi.

Bunda xodimning faoliyati raqqos va raqqosalik sohasida boshlangan bo‘lishi shart.

Kiritildi: Bugun 12:30. O'qildi: 420 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!