Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.
E’tiborlisi, unda bir qator hamyurtlarimiz o‘z janglarini o‘tkazdi.
Kechaning markaziy to‘qnashuvida o‘zbekistonlik Timur Nikulin va Qozog‘iston vakili Erkabulan Toktar o‘zaro ringga ko‘tarildi. Biroq barcha intiqlik bilan kutgan bahs uzoqqa cho‘zilmadi.
Erkabulan 1-raunddayoq Nikulinni texnik nokautga uchratib, g‘alabani qo‘lga kiritdi.