Farg‘ona viloyat sudi apellyasiya instansiyasi 2025 yil 20 dekabr kuni Qo‘qonlik tabib I.Saliyevni 10 sutkaga qamash haqidagi qarorni o‘z kuchida qoldirdi. Advokat tomonidan berilgan apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmadi.
Sudga ko‘ra, xalq tabobati bilan shug‘ullanish uchun lisenziya talab etiladi, I.Saliyevda esa bunday lisenziya mavjud emas. Uning “xalq tabobati a’zosi” guvohnomasi lisenziya hisoblanmaydi.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi videolarni o‘zi joylamagani haqidagi vajlar ham rad etildi. Sud I.Saliyev ushbu kanal va profillarda faol ishtirok etganini qayd etdi.
Hozircha mazkur qaror yuzasidan kassasiya shikoyati berilmagan.