Xitoyda dunyodagi eng uzun avtomobil yo‘li tunneli ochildi — China National Radio.
Xabar berilishicha, uzunligi 22 kilometrdan ortiq bo‘lgan Tyanshan Shenli tunneli Shinjon hududida Urumchi — Veyli avtomagistralida ishga tushirildi. Qurilish ishlari 2020 yildan buyon olib borilgan, unga ajratilgan mablag‘lar hajmi 46,7 mlrd yuanni (6,63 mlrd dollar) tashkil etgan.
Ob’ekt foydalanishga topshirilgach, tog‘lar orqali qatnov vaqti bir necha soatdan atigi 20 daqiqagacha qisqardi.