2026 yildan boshlab Davlat ijtimoiy sug‘urtasi orqali Yangi nafaqa turlari joriy etiladi.
Ya’ni:
- 2026 yil 1 yanvardan — homiladorlik va tug‘ish nafaqasi;
- 2026 yil 1 iyuldan — vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik nafaqasi;
- 2030 yil 1 yanvardan — fuqarolar murojaati asosida ishdan bo‘shatish nafaqasi joriy etiladi.
2026 yil 1 yanvarga qadar Pensiya jamg‘armasiga to‘langan barcha sug‘urta badallari, yagona ijtimoiy to‘lovlar va ijtimoiy soliqlar ham sug‘urta staji sifatida inobatga olinadi. Ya’ni, avvalgi yillarda amalga oshirilgan barcha to‘lovlar ham yangi tizimda to‘liq hisobga olinadi.