“Davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etish hamda professional va natijadorlikka yo‘naltirilgan davlat xizmatchilari korpusini shakllantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
🔰Farmonga ko‘ra, 2025-2026 yillarda davlat fuqarolik xizmatini yangi yondashuvlar asosida tashkil etishning asosiy yo‘nalishlari belgilandi.
🏢 Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi hamda “El-yurt umidi” jamg‘armasining doimiy hamkorligi asosida davlat xizmatida kadrlar tayyorlashning yaxlit tizimi joriy etiladi.
🗓2026 yil 1 yanvardan:
🔹davlat xizmatiga birinchi marta qabul qilingan davlat xizmatchilari bilan mehnat shartnomasi dastlab bir yil muddatga tuziladi va keyinchalik faoliyatining ijobiy natijalariga ko‘ra mehnat shartnomasi nomuayyan muddatga uzaytiriladi;
🔹KPI natijalari Xodimlarning kasbiy kompetensiyalari rivojlanishini uzluksiz onlayn monitoring qilish tizimida yig‘iladi va tahlil qilinadi;
📜 2025 yil 1 avgustdan respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali o‘tkaziladi.
📝 Iqtidorli boshqaruvchilar va liderlarni, yangi avlod rahbarlarini aniqlash va tanlash bo‘yicha “TOP-100” dasturi joriy etiladi.
📁 Salohiyatli va istiqbolli rahbarlarning barqaror zaxirasini ta’minlash maqsadida Milliy kadrlar zaxirasi hamda Salohiyatli kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
🖥 2025 yil 1 oktyabrdan davlat xizmatchilarining xorijiy va ichki xizmat safarlarini tashkil etish, hisobini yuritish va tahlilini olib borish “hrm.argos.uz” elektron tizimi tarkibidagi “Xizmat safari” yagona moduli orqali amalga oshiriladi.
📚 2026 yil 1 yanvardan Davlat organlari faolligining milliy reytingi joriy etiladi.
🔍 2025 yil 1 sentyabrdan davlat xizmatchilarining o‘z ko‘nikmalarini doimiy rivojlantirib borishi hamda ular o‘rtasida o‘zaro muloqotni kuchaytirish bo‘yicha “Davlat xizmatchisi” mobil ilovasi ishga tushiriladi. (https://uza.uz/uz/posts/davlat-fuqarolik-xizmatini-yangi-yondashuvlar-asosida-tashkil-etish-hamda-professional-va-natizhadorlikka-yonaltirilgan-davlat-xizmatchilari-korpusini-shakllantirish-chora-tadbirlari-togrisida_732601)