Prezident Farmoniga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish davlat fuqarolik xizmatini o‘tashdan ajralgan va ajralmagan holda amalga oshiriladi.
Davlat fuqarolik xizmatini o‘tashdan ajralgan holda qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida ishtirok etayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarining asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha ish haqi saqlanadi hamda transport, yashash va kundalik xarajatlari davlat organi tomonidan qoplanadi.
Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi.
✅ Davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish:
▫️davlat organlarining Davlat byudjeti va byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan;
▫️ta’lim tashkilotlariga Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida;
▫️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan;
▫️xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak va grantlari hisobidan;
▫️davlat fuqarolik xizmatchisining o‘z mablag‘lari hisobidan;
▫️qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi davlat organlari va tashkilotlaridagi davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat ta’lim talablarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.