Davlat dumasi migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish uchun asoslar ro‘yxatini 22 tadan 45 tagacha kengaytiruvchi qonunni qabul qildi.
Endi quyidagi holatlar uchun ham migrantlar deportasiya qilinishi mumkin:
— taqiqlangan ramzlarni targ‘ib qilish yoki namoyish etish;
— Rossiya hududiy yaxlitligini buzishga chaqiriqlar;
— «nomaqbul» deb topilgan tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish;
— Rossiya Qurolli kuchlarini diskreditasiya qilish;
— mayda bezorilik;
— noqonuniy mitinglarda ishtirok etish;
— Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirish;
— polisiya xodimi yoki harbiyning qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik;
— ommaviy axborot vositalari erkinligini suiiste’mol qilish.