Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Davlat dumasi chet elga chiqib ketgan rossiyalik muxolifatchilar uchun taqiqlar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Davlat dumasi chet elga chiqib ketgan rossiyalik muxolifatchilar uchun taqiqlar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi

Endilikda ular xorijga chiqish pasportini rasmiylashtira olmaydi va Rossiyadagi mol-mulkini tasarruf eta olmaydi

​Yangi qonun Rossiya Jinoyat kodeksining istalgan moddasi bo‘yicha sudlangan yoki ma’muriy ish bo‘yicha javobgarlikka tortilgan, mamlakatni tark etgan rossiyaliklarga qarshi qaratiladi. Xususan, gap mamlakat armiyasini "obro‘sizlantirish", "chet el agenti" maqomi bilan bog‘liq jarimalarni to‘lamaslik, "istalmagan tashkilot" faoliyatida ishtirok etish va Rossiya hududiy yaxlitligini buzishga oshkora chaqiriqlar kabi siyosiy moddalar haqida bormoqda.

​Bunday shaxslarga nisbatan bir qator "vaqtinchalik choralar" belgilanadi, jumladan:

▪️ Mamlakat ichida davlat xizmatlari va xorijda konsullik xizmatlarini ko‘rsatishni rad etish (masalan, xorijga chiqish pasporti yoki ishonchnomalarni rasmiylashtirishga taqiq);

▪️ O‘z ko‘chmas mulki va transportini sotishni taqiqlash;

▪️ Bank ilovalaridan foydalanish huquqidan mahrum qilish.

​"Xorjdaga chiqib ketib, mamlakatga zarar yetkazayotganlar muxolifat emas, balki xoinlardir. Ular jinoyatchilardir", — dedi Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin.

​"Perviy otdel" huquqni himoya qilish tashkiloti huquqshunoslarining ta’kidlashicha, qabul qilingan tuzatishlar amalda siyosiy muhojirlarni fuqarolikdan mahrum etadi. Qonun rasman e’lon qilinganidan so‘ng darhol kuchga kiradi.

Kiritildi: 13:15 23.07.2026. O'qildi: 428 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!