Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Davlat departamenti: "AQSh mustaqil Falastinni yaratish rejasi ustida ishlamoqda"

A A A
Davlat departamenti: "AQSh mustaqil Falastinni yaratish rejasi ustida ishlamoqda"

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Mettyu Millerning aytishicha, Qo‘shma Shtatlar mustaqil Falastin davlatini yaratishni boshlash rejasini ishlab chiqish jarayonida.

Brifingda undan AQShning Falastin davlatini tan olish rejalari haqida so‘ralgan.

"Biz keng ko‘lamli variantlarni ko‘rib chiqmoqdamiz, ularni mintaqadagi hamkorlar, shuningdek, AQSh hukumatidagi boshqa hamkorlar bilan muhokama qilmoqdamiz", deb javob berdi Miller.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington hozirda mustaqil Falastin davlatini barpo etish borasidagi siyosatni rejalashtirish jarayonlarini amalga oshirmoqda.

Kiritildi: 00:12 01.02.2024. O'qildi: 1626 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!