Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Davlat bog‘chalari uchun yagona mavsumiy taomnomalar ishlab chiqiladi

Davlat bog‘chalari uchun yagona mavsumiy taomnomalar ishlab chiqiladi

Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yagona mavsumiy taomnomalar ishlab chiqiladi. Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi yig‘ilishida mutasaddilarga tegishli topshiriq berildi.

Senat raisi Tanzila Norboyeva bolalarni autsorsing usulida ovqatlantirishni tashkil etishda qator jiddiy kamchiliklar mavjudligini ta’kidladi. Masalan, ularni nazorat qilish mexanizmlari to‘liq ishlab chiqilmagan. Shuningdek, ovqatlantirish tizimida inson omilining yuqoriligi korrupsiyaning rivojlanishiga sabab bo‘lmoqda.

Yig‘ilishda qayd etilgan muammolardan kelib chiqib tahliliy material tayyorlash zarur ekanligi qayd etildi va unda o‘z aksini topishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga topshiriqlar berildi.

Maktabgacha ta’lim, Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirligiga bolalarni mavsumga mos ravishda ovqatlantirish maqsadida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun yagona mavsumiy taomnomalar ishlab chiqish va mazkur taomnoma bo‘yicha bir bola uchun sarflanadigan bir yillik mablag‘ miqdorini hisoblash topshirig‘i berildi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda respublika bo‘yicha jami 5 211 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat yuritgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib ularning soni 28 012 tani tashkil etmoqda.

Mazkur muassasalarda bola qamrovi 708 ming nafardan qariyb 2 million nafar (69,4 foiz) ga yetgan. 2022 yil 1 yanvar holatiga mamlakatda 6300 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatib, ularda 1 million 276 ming bola qamrab olingan. 1185 ta davlat bog‘chasida ovqatlanish autsorsing usulida tashkil etilgan bo‘lsa, 5145 tasi o‘z oshxonasiga ega.

Kiritildi: 13:09 21.09.2022. O'qildi: 1506 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!