Bugun, 9 noyabrda Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi ma’muriy binosi «E-auksion» orqali sotildi.
Ma’lum qilinishicha, boshlang‘ich narxi 165,5 milliard so‘m bo‘lgan ob’ektning yakuniy bahosi 52 foizga oshgan. Bino 2025 yil avgustda savdoga chiqarilgan edi.
Sotuv vazirlik va idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish dasturi doirasida amalga oshirilgan. Dasturda poytaxtdagi 83 ta ko‘chmas mulk ob’ektini sotish nazarda tutilgan.
Hozirgacha vazirlik va idoralarning 8 ta ma’muriy binosi jami 1 trillion 120,4 milliard so‘mga sotilgan. Yana 11 ta ob’ekt 1 trillion 20,5 milliard so‘mlik boshlang‘ich narxda savdoga qo‘yilgan.
Tushumlar Yangi Toshkentda ma’muriy infratuzilma barpo etishga yo‘naltiriladi.