Shu maqsadda ular bugun Oq uyga tashrif buyurib, AQSh vise-prezidenti Vens hamda davlat kotibi Marko Rubio bilan uchrashadi.
Bloomberg xabariga ko‘ra, tomonlar ushbu uchrashuvda Vashingtonning Grenlandiya bo‘yicha asl niyatlarini aniqlashtirishni ham ko‘zlamoqda.
Donald Tramp esa sal avval NATOdan Grenlandiyani AQSh tasarrufiga o‘tkazish uchun yo‘l ochishni so‘rab, aks holda orol Rossiya yoki Xitoy qo‘lida qolib ketishini aytgan edi.