Bugun 14 yanvar, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xabi Alonsoning rafiqasi uning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi

Xabi Alonsoning rafiqasi uning «Real»dan ketishiga munosabat bildirdi

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonsoning rafiqasi Nagore Aranburu turmush o‘rtog‘ining bosh murabbiylik lavozimini tark etishi haqida fikr bildirdi. Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilgani haqida «Qirollik klubi» matbuot xizmati 12 yanvar, dushanba kuni rasman e’lon qildi.

«Bugun biz “Bernabeu” bilan xayrlashyapmiz. Xabi, sen bilan va sening har kungi mehnating bilan juda faxrlanamiz — doim hurmat va sadoqat bilan. Biz bolalar bilan birga har bir qadamda Xabi va klubga hamroh bo‘ldik, hayajon va minnatdorlik bilan.

“Bizga ishongan va juda ko‘p mehr yuborgan barcha «Real» muxlislariga rahmat. Sizning xabarlaringiz biz uchun juda katta ahamiyatga ega bo‘ldi”, — deb yozdi Aranburu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Kiritildi: 23:48 13.01.2026. O'qildi: 329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!