Dushanbaga o‘tar kechasi Tayvan janubi-g‘arbiy qismiga "Danas" to‘foni kelib tushishi oqibatida kamida 28 kishi jabrlandi.
Xabarlarga ko‘ra, 2853 kishi xavfsiz hududlarga evakuasiya qilingan.
Tayvan markaziy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, tayfun kuchli yomg‘ir yog‘dirgan va shamol tezligi 40 m/s ga yetgan, 50 m/s gacha kuchaygan.
To‘fon 85 113 ta xonadonda elektr ta’minotida uzilishlarga olib keldi. Ayrim xonadonlarga elektr energiyasi qisman qaytarilgan, biroq ularning 48 671 tasida haligacha elektr ta’minoti yo‘q. Ba’zi qirg‘oqbo‘yi hududlarida barcha idoralar va maktablar yopilgan.
Sinoptiklarning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda to‘fon orolning g‘arbiy sohillari bo‘ylab shimolga qarab harakatlanmoqda.