Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Dana Uayt: "Abdulmanapning rejasi bor edi"

Dana Uayt: "Abdulmanapning rejasi bor edi"

UFC bosh direktori Dana Uayt 2020 yil iyul oyida vafot etgan Habib Nurmagomedov va Islam Maxachevning murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov haqida gapirdi.

"Abdulmanapning rejasi bor edi, unga ko‘ra Xabib g‘alaba qozonadi, raqiblaridan ustunlikka erishadi va chempion bo‘ladi, keyin esa Islamga yo‘l beradi. Hammasi xuddi otasi aytganidek bo‘ldi, bunaqasi hech qachon bo‘lmagan.

Uning otasi nafaqat o‘g‘li chempion bo‘lishini, balki Islam ham chempionlikka erishishini aytgandi va u bu borada mutlaqo haq edi", - dedi Uayt Prince St Pizza YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Kiritildi: 21:05 12.11.2025. O'qildi: 1251 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!