Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Damashqda Makron joylashgan mehmonxona yonida portlashlar yuz berdi

 Damashqda Makron joylashgan mehmonxona yonida portlashlar yuz berdi

Suriya ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Damashq markazida, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron to‘xtagan Four Seasons mehmonxonasi yonida bir nechta portlash sodir bo‘lgan. Ayni shu paytda Makron Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan uchrashish uchun prezident saroyiga yo‘l olgan.

Fransiya prezidenti idorasi Makron xavfsiz joyda ekanligi va uning tashrifi reja asosuda davom etayotganini ma’lum qildi.

Suriya davlat matbuotining huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib xabar berishicha, avtomobillarga o‘rnatilgan portlovchi qurilmalar tufayli ikkita portlash yuz bergan. Ijtimoiy tarmoqlarda yonayotgan avtomobil va ko‘chadagi qon izlari aks etgan kadrlar tarqaldi.

Hozircha qurbonlar yoki jarohatlanganlar haqida xabar berilmadi. Hech bir guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.

Kiritildi: 14:25 07.07.2026. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!