Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Damas’da osh yeb, kondisioner o‘rnatgan bloger jazoga tortildi!

Damas’da osh yeb, kondisioner o‘rnatgan bloger jazoga tortildi!

Namangan viloyatida bir nechta qoidabuzarliklar sodir etib, qilmishini ijtimoiy tarmoqlarga joylagan haydovchilarga chora ko‘rildi. Bu haqda “BuKun” dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, yaqinda bir bloger tomonidan sodir etilgan qoidabuzarliklar jamoatchilik e’tiboriga tushgan. U Damas boshqaruv vaqtida rulga tovoqdagi oshni qo‘ygan va uni yegan holda harakatlangan.

Shundan so‘ng u aynan shu avtomobil ichiga ofis va xonadonlar uchun mo‘ljallangan kondisionerni o‘rnatib, shaharning gavjum ko‘chalarida harakatlangan.

“Qilgan xatoyim qonunni buzishga va jarimaga sabab bo‘lishi aytildi. Mashinam jarima maydoniga olib kelindi. Mashinani o‘z holatiga qaytardik”, deydi Damas haydovchisi.

Yana bir holatda esa Nexia’ning ballonlaridan biri olib tashlanib, uch g‘ildirakda harakatlanilgan. Haydovchiga nisbatan, ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, avtomashina jarima maydoniga joylashtirilgan.

Kiritildi: 09:08 22.05.2025. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!