Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Dam olish kunlari So‘qoq va Chimyonga boruvchi yo‘llarda bir tomonlama harakat tashkil etiladi

Dam olish kunlari So‘qoq va Chimyonga boruvchi yo‘llarda bir tomonlama harakat tashkil etiladi

16-17-18 iyun kunlari Parkent tumanining So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga va Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘iga olib boruvchi yo‘llarda avtomobillar harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Toshkent viloyati Parkent tumani So‘qoq va Qiziltog‘ qishloqlariga, shuningdek, Bo‘stonliq tumani Chimyon qishlog‘iga tashrif buyuruvchilar ko‘payishi munosabati bilan 4R15 yo‘lining bir qismida va 4R6 yo‘lida harakat bir tomonlama tashkil etiladi.

Viloyat IIB YHXB xabariga ko‘ra, tirbandliklar oldini olish maqsadida 16−17−18 iyun kunlari 4R15 Qiziltog‘ shahri-Parkent shahri-Yangibozor qishlog‘i avtomobil yo‘li 44- va 48-kilometr oraliqlarida transport vositalari harakati bir tomonlama tashkil etiladi.

Ushbu o‘zgarishda So‘qoq dam olish maskaniga borgan haydovchilar uchun yo‘lning 48-kilometrida Parkent shahriga avtomobil harakati to‘liq cheklanadi va Toshkent shahriga 4R16 Bardanko‘l qishlog‘i-Jumabozor qishlog‘i-Qiziltog‘ shahri orqali qaytish mumkin bo‘ladi.

Bo‘stonliq tumaniga harakat 4R6 Toshkent-Chirchiq-Chimyon avtomobil yo‘li 57-kilometridan boshlab mazkur yo‘lning 92-kilometrigacha, ya’ni 4R10 avtomobil yo‘li bilan tutashgan joygacha bir tomonlama tashkil etiladi.

Kiritildi: 12:44 14.06.2024. O'qildi: 914 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!