«O‘zgidromet» dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatilishi haqida xabar berdi.
27 mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi.
28 mart kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 29 mart kuni esa barcha hududlarga Kavkaz hududlaridan nam va sovuq havo massalarining kirib kelishi kutilmoqda.
Respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
28 mart kuni yomg‘ir momaqaldiroq bilan kuzatiladi, shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayadi.
28-29 mart kunlari Qoraqalpog‘istonda va Xorazm viloyatida, 29 mart kuni Buxoro va Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 29 mart kuni harorat +6...+11 darajagacha pasayadi.