Bugun 19 oktyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Dam olish kunlari ob-havo qanday o‘zgarishi mumkinligi e’lon qilindi

Dam olish kunlari ob-havo qanday o‘zgarishi mumkinligi e’lon qilindi

Gidrometeorologiya xizmati dam olish kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida iliq va asosan quruq ob-havo saqlanib turadi.

Faqat 19 oktyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 20 oktabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va 20 oktyabrga kelib kechasi 10-12 darajani, kunduz kuni 25-28 darajani tashkil etadi.

Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 3-8 metr sekund tezlikda esadi. Harorat kunduzi 18 oktyabrda 20-22 daraja, 19 oktyabrda kechasi 6-8°, kunduzi 23-25°, 20 oktyabrda kechasi 9-11°, kunduzi 25-27° bo‘ladi.

Kiritildi: Bugun 00:01. O'qildi: 222 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!