Bugun 3 avgust, 2025 yil, yakshanba

КИР

Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi

Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi

Avgust oyining birinchi kunlarida O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va quruq ob-havo saqlanib turadi.

Faqat bugun kunduzi Farg‘ona vodiysida, shuningdek, Toshkent viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Havo harorati 32-35 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 38 darajagacha bo‘ladi, bu avgust oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim me’yorlaridan 1-2 darajaga pastdir.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 13-16 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda.

1 avgust kuni Toshkent, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkentda: bugun kunduzi havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Dam olish kunlari havo asosan kam bulutli bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kunning ikkinchi yarmida shamol tezligi 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi

20-23 daraja, kunduzi 32-35 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 17:25 01.08.2025. O'qildi: 538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!