Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Dam olish kunlari bizni qanday ob-havo kutyapti?

Dam olish kunlari bizni qanday ob-havo kutyapti?

Respublika Gidrometeorologiya markazi 7 - 10 sentyabr kunlari uchun ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7 va 9-10 sentyabrda 8-13 daraja, 8 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 7 sentyabrda 23-28 daraja, 8-10 sentyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 sentyabrda 10-15 daraja, 10 sentyabrda 8-13 daraja iliq, kunduzi 7-8 sentyabrda 23-28 daraja, 9-10 sentyabrda 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 7-8 sentyabrda kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja issiq, 9 sentyabrda kechasi 13-18 daraja, kunduzi 17-22 daraja, 10 sentyabrda kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 sentyabrda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 sentyabrda 13-18 daraja, 10 sentyabrda 10-15 daraja iliq, kunduzi 7-8 sentyabrda 28-33 daraja, 9-10 sentyabrda 21-26 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 sentyabrda 12-17 daraja, 10 sentyabrda 8-13 daraja iliq, kunduzi 7-8 sentyabrda 23-28 daraja issiq, 9 sentyabrda 17-22 daraja, 10 sentyabrda 15-20 daraja iliq bo‘ladi.                   

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, 7-8 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 9 sentyabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-9 sentyabrda 6-11 daraja, 10 sentyabrda 3-8 daraja, kunduzi 7-8 sentyabrda 15-20 daraja, 9-10 sentyabrda 10-15 daraja iliq bo‘ladi.

Kiritildi: 10:46 06.09.2019. O'qildi: 2379 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!