Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Dam olish kunlari biroz bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Dam olish kunlari biroz bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda

Shu yilning 11-13 iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

“O‘zgidromet“ agentligining xabar berishicha, faqat Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida 11 iyul kuni kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Bugun kunduzi yoz faslining o‘rtasi uchun nisbatan qulay bo‘lgan havo harorati saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida termometr ustuni 32-35 darajadan, janubda 36-39 darajadan ko‘tarilmaydi. Eng salqin hudud Farg‘ona vodiysi bo‘lib, bunda harorat 28-31 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi harorat 35-38 darajani tashkil etadi. Harorat asosan kechalari 18-23 daraja bo‘ladi.

Respublikaning ayrim joylarida 11-13 iyul kunlari shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda bugun va dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari 20-23 daraja, kunduz kunlari 11 iyulda 33-35 daraja, 12-13 iyulda 35-38 daraja bo‘ladi.

Kiritildi: 19:03 11.07.2025. O'qildi: 480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!