Bugun 7 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Dam olish kuni bizni qanday ob-havo kutib turibdi?

Dam olish kuni bizni qanday ob-havo kutib turibdi?

 

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 18 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab qanday ob-havo hukm surishi haqida ma’lumot berdi. Marhamat, yakshanba kuni ob-havoda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi bilan tanishing.
 
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi +1...+3, kunduzi +13...+15 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.
 
Farg‘ona vodiysida havo biroz bulutli bo‘lib, kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.
 
Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi 0...+5 kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 12-17 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
 
Qashqadaryo viloyatida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +13...+18 darajaga yetadi. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Surxondaryo viloyatida havo harorati kechasi +2...+7, kunduzi +13...+18 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, havo o‘zgarib turadi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -6...-1, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Havo bulutli bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi.
 
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -2...+3, kunduzi esa +4...+9 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esib, qor aralash yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Kiritildi: 18:11 17.11.2018. O'qildi: 1505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!