Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Dalillar maqbulligi – muhim masala

A A A
Dalillar maqbulligi – muhim masala

Andijonda viloyat sudi, prokuratura hamda ichki ishlar organlari hamkorligida tergov sifatini yanada yaxshilash masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Dalillar maqbulligi – muhim masala

Dalillar maqbulligi – muhim masala

Tahlillarga ko‘ra, sudlar tomonidan ko‘rilayotgan jinoyat ishlari yuzasidan olib borilgan surishtiruv va dastlabki tergov jarayonida prosessual va moddiy qonunchilik talablari buzilishi hollari ko‘zga tashlanmoqda.

Muloqotda asosiy e’tibor amaliyotda yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni aniqlash hamda ularning yechimini topish, shuningdek, xodimlarning bilimlarini yanada mustahkamlash kabi jihatlarga qaratildi.

Seminarda viloyat sudi raisining o‘rinbosari Farhodjon G‘aniyev, shahar va tuman sudi sudyalari Azamat Habibullayev, Sardor Rasulov, Umarjon Mirzaabdullayevlar yilning o‘tgan davri mobaynida tergov va surishtiruv organi tomonidan yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar bo‘yicha mulohazalarini bayon etdilar.

Muhokama chog‘ida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, ularning sha’ni va qadr-qimmati, qonuniy manfaatlariga daxl qilmaslik, tergov chog‘ida dalillar maqbulligi talablariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Kiritildi: 15:32 23.12.2021. O'qildi: 3175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!