Dala nafaqasi va dala ustamasi ishlovchilarning vaqtincha noqulay mehnat va maishiy sharoitlar sababli dala sharoitlaridagi ishlarni bajarish, shuningdek ishlab chiqarish ob’ektlarining aholi punktlaridan tashqarida joylashganligi bilan bog‘liq ortiqcha xarajatlarning o‘rnini qoplash maqsadida to‘lanadi.
Qonunchilikka ko‘ra, quyidagilar dala ustamasi olish huquqiga ega:
a) dala sharoitlarida ishlovchilar va dala ishlari amalga oshirilayotgan joylarda yashovchilar;
b) geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish va boshqa tashkilotlarga bevosita ularning bazaviy dala shaharchalarida xizmat ko‘rsatish uchun maxsus tashkil etilgan maktablar, tibbiyot, madaniy-ma’rifiy, maktabgacha ta’lim muassasalari va boshqa yordamchi bo‘linmalar xodimlari.
Mehnat kodeksining 288-moddasiga asosan, ko‘chib yurish xususiyatiga ega ish uchun ustama quyidagi eng kam miqdorlarda belgilanadi:
Dala sharoitlaridagi ish uchun dala nafaqasi quyidagilardan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanadi:
Dala ustamasi xodimlarga, egallab turgan lavozimi va oylik maoshidan qat’i nazar, dala ustamasi hisoblanadigan paytdagi mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoriga nisbatan koeffisiyentlarda, biroq har oyda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,06 baravaridan ortiq bo‘lmagan holda quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
a) dala sharoitlarida bevosita dala ishlari amalga oshiriladigan ob’ektlarda ishlaganda – kuniga 0,053;
b) geologiya-qidiruv, topografiya-geodeziya, loyiha-izlanish, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajaradigan tashkilotlarning bazaviy dala shaharchalarida ishlaganda – kuniga 0,011.
Dala ustamasi dala ishlari amalga oshirilayotgan joyda haqiqatda bo‘lingan kalendar kunlar uchun to‘lanadi.
Dala ustamasi o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda hisobga olinmaydi va Soliq kodeksiga muvofiq xodimning daromadi sifatida hisoblanmaydi.
Dala ustamasi quyidagi holatlar uchun to‘lanmaydi:
a) har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kelish imkoniyatiga ega bo‘lgan barcha toifadagi xodimlarga;
b) har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lingan vaqt uchun.
Jamoa shartnomasi yoki kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan ichki hujjat yoxud xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuv bilan ko‘proq miqdordagi kompensasiyalar ham belgilanishi mumkin.