Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Dahshat! 11 yoshli qiz sinfdoshiga 100 martaga yaqin pichoq urdi

Dahshat! 11 yoshli qiz sinfdoshiga 100 martaga yaqin pichoq urdi

Rossiyaning Ximki shahrida 5-sinf o‘quvchisi o‘z sinfdoshiga pichoq bilan hujum qildi va unga 100 ga yaqin pichoq jarohati yetkazdi.

Qizlar janjallashib qolishgan, keyin esa hojatxonaga borishgan. So‘ng qiz qaytib kelgan va butun sinfga «Men Sonyani o‘ldirdim» deb aytgan.

Jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan, pichoq urgan qiz bilan esa psixologlar suhbatlashishgan.

Ma’lum bo‘lishicha, maktab o‘quvchisining qilmishiga Genshin Impact o‘yini sabab bo‘lishi mumkin. Qiz, shuningdek, sinfdoshi uning sirini sinfdoshlariga aytganini ta’kidladi. Ya’ni ular avvallari do‘st bo‘lishgan, ammo keyin oralari buzilgach, qiz sobiq dugonasining barcha sirlarini butun sinfga oshkor qilgan.

Keyin esa Genshin Impact o‘yini bolalar o‘rtasida mashhur bo‘ldi. Qizlar o‘yin borasida ham janjallashib qolishdi. Keyin esa tajovuzkor qiz sinfdoshini bahona bilan hojatxonaga olib borgan va unga pichoq bilan hujum qilgan.

Jabrlanuvchi og‘ir ahvolda vertolyotda olib ketilgan.

Surishtiruv natijasida pichoqbozlikning dastlabki sababi Genshin Impact o‘yini ekanligi tasdiqlandi. 11 yoshli Melvira dugonasi bilan janjallashib qolgan, chunki Sonya uning hisobiga kirib, qiz yig‘gan barcha «tangalarni» sarflab yuborgan.

Sonyaga uchinchi darajali shok tashxisi qo‘yilgan. Milvira va uning onasi hozir psixiatrik tekshiruvdan o‘tmoqda.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan voyaga yetmaganni o‘ldirishga suiqasd va maktab rahbariyatining ehtiyotsizligi moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Suratda: o‘ngda hujum qilgan qiz, chapda jabrlanuvchi

Kiritildi: 00:07 08.02.2023. O'qildi: 12481 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!