Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Dahshat! Bog‘cha opa 4 yashar bolani toshbo‘ron qildirdi!

A A A
Dahshat!  Bog‘cha opa 4 yashar bolani toshbo‘ron qildirdi!

“Daily Mail”ning xabar berishicha, insoniyatga isnod keltiradigan bu hodisa AQShning Arkanzas shtatidagi Forrest Sitida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan “Teach Tend Deysare” bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video 26 aprelda qayd etilgan. Ma’lumot berilishicha, polisiya bog‘cha tarbiyachisini hibsga olgan. Ma’lum bo‘lishicha, bog‘chaning to‘rt yashar tarbiyalanuvchisi to‘polon qilgan. Unga “tanbeh berish”ning ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan chorasini o‘ylab topgan bog‘cha opa bolakayni bog‘chaning boshqa tarbiyalanuvchilariga toshbo‘ron qildirgan.

Toshbo‘ron qilingan bola “Tosh otmanglar, og‘riyapti, to‘polon qilmayman”, deyishlariga qaramay, tarbiyachi “Oting, uringlar uni!” deya baqirgan.

Tergov payti bog‘cha opaning bergan hisobotiga ko‘ra, bolakay bundan keyin “o‘ylab ish qilarkan, vazmin bo‘larkan va e’tiborli bo‘larkan”.

Manba: daytube.az

 

Kiritildi: 07:30 12.05.2018. O'qildi: 1497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik