Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Cuperkompyuter «Bavariya» Bundesliga yangi mavsumining asosiy favoriti bo‘lolmaydi

A A A
Cuperkompyuter «Bavariya» Bundesliga yangi mavsumining asosiy favoriti bo‘lolmaydi

Opta statistik portalining superkompyuteri «Bayer» jamoasini Bundesliga yangi mavsumining asosiy favoriti deb hisoblamoqda.

Sun’iy intellekt Leverkuzen klubining navbatdagi marta chempion bo‘lish imkoniyatini 49,1 foizga baholagan. «Bavariya»ning bu boradagi imkoniyati esa 21,3%ga teng.

«Borussiya» Dortmund va «Leypsig»ning imkoniyatlari deyarli bir xil baholangan - 12,9% va 12,5%. So‘nggi da’vogar «Shtutgart»dagi ko‘rsatkich 4,1%ga teng.

«Xolshtayn Kil», «Boxum» va «Sankt-Pauli» turnirni tark etish uchun asosiy nomzodlar sifatida keltirilgan.

Ma’lumot uchun, Germaniya chempionati 23 avgust kunidan start oladi.

Kiritildi: 23:55 14.08.2024. O'qildi: 1006 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!