Bugun 29 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

COVID-19 bahona oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari narkotik tashish bilan shug‘ullanmoqda

A A A
COVID-19 bahona oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari narkotik tashish bilan shug‘ullanmoqda

Bu haqda interpolning (xalqaro polisiya) Liondagi (Fransiya) shtabi taqdim etgan ma’lumotnomada ma’um qilindi.

“Interpol shuni ma’lum qiladiki, ko‘plab mamlakatlar COVID-19 virusi tufayli karantinga yopilgan bir vaqtda jinoiy guruhlar oziq-ovqat yetkazib berish xizmati servislaridan narkotik va boshqa taqiqlangan buyumlarni yetkazishda foydalanmoqda”, deyilgan xabarda.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, Irlandiya, Malayziya, Ispaniya va Buyuk Britaniya polisiya xizmatchilari tomonidan yetkazib berish xizmati xodimlari kokain, marixuana, ketamin, ekstazi va o‘q otuvchi qurol vositalarini yetkazish bilan shug‘ullanganligi aniqlangan.

“Yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olib, Interpol 194 nafar a’zo mamlakatlar uchun yangi usul haqida “pushti ma’lumotnoma” nashr etdi. Pushti ma’lumotnomalar jinoyatchilar tomonidan qo‘llaniladigan ob’ektlar, tizim va usullar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etadi. Xuquqni muhofaza qilish tashkilotlari ushbu ma’lumotlarni Interpolning himoyalangan va 24 soat davomida faoliyat ko‘rsatadigan axborot kanalidan olishlari mumkin”, deyilgan xalqaro tashkilot xabarida.

Shuningdek Interpol xabarida yetkazib berish xodimlari jinoyatchilarning sherigi bo‘lish bilan bir qatorda, taqiqlangan buyumlar yetkazishdagi hech narsadan xabari yo‘q vositachiga ham aylanib qolishi mumkinligi to‘g‘risida alohida ta’kidlangan.

Kiritildi: 07:48 02.05.2020. O'qildi: 2944 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!