CNN telekanali dunyo yetakchilarining AQSh prezidenti Donald Trampning tariflariga munosabatini e’lon qilmoqda.
Xususan, GFR kansleri Olaf Shols AQSh joriy qilgan tariflarni "tubdan noto‘g‘ri" deb atadi, Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer esa "sovuqqonlik bilan javob qaytarishga" va’da berdi.
Shu bilan birga, Fransiya hukumati rasmiy vakili Trampni "dunyo xo‘jayini" bo‘lish istagida aybladi, Belgiya bosh vaziri o‘rinbosari Maksim Prevo esa "Gugurt bilan o‘ynash orqali AQSh yonib ketish xavfi borligi" haqida ogohlantirdi.