Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chustda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlar o‘rganilmoqda

Chustda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlar o‘rganilmoqda

Xalq ta’limi vazirligi Namangan viloyati, Chust shahridagi 9-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchilarini majburiy mehnatga jalb etilganligi haqidagi xabarlarni o‘rganmoqda. Bu haqda XTV axborot xizmati xabar qildi.

“Vazirlikning Huquqiy-nazorat xizmati xodimlari mazkur xabarlarda keltirib o‘tilgan holatlarni o‘rganib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi doirasida ushbu holatga yo‘l qo‘yganlarga chora ko‘radi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Shuningdek, ushbu holat O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazoratga olingan va natijalar bo‘yicha yaqin vaqt oralig‘ida batafsil ma’lumot beriladi.

XTV prezident qaroriga ko‘ra xalq ta’limi xodimlarini xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga, majburiy mehnatga, shu jumladan, tuman va shaharlar hududlarini obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari, mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlari hamda boshqa turdagi ishlarga jalb qilish qat’iyan ta’qiqlanganini eslatib o‘tgan.

Xalq ta’limi vazirligi bu kabi holatlarni oldini olish va xalq ta’limi tizimi xodimlari huquqlarini himoya qilish maqsadida shikoyatlarni qabul qilishda qulay bo‘lgan virtual inspektorni ishga tushirgan. Tizimdagi xodimlar majburiy mehnatga jalb etilganida, huquqlari buzilganda yoki turli to‘lovlarga majburlangan holatlarda ovoz.uzedu.uz sayti yoki +998 99 988 10 06 telefoni va telegram raqamiga murojaatlarini yuborishlari mumkin.

Avvalroq ayrim o‘zbek OAVlarida e’lon qilingan maqolada  Chust shahridagi 9-maktab o‘qituvchilari mehnat ta’tili davrida maktabda ustalar bilan birga ishlayotgani aytib o‘tilgan edi.

Qayd etish joizki, kuni kecha Namangan viloyati, Kosonsoy tumanidagi maktab o‘qituvchilarining “Yashil xiyobon” hududida “shanbalik” niqobi ostida eni 1,5-2 metr, uzunligi 410 metr joyga beton quyish va obodonlashtirish ishlariga majburiy jalb etilgani haqidagi xabarlar tarqalgan edi. Ushbu holat yuzasidan o‘tkazilgan o‘rganish natijasi bo‘yicha Kosonsoy tumani xalq ta’limi bo‘limi mudiri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi F.N. vazifasidan ozod etilgan edi.

Bundan ma’lum bo‘ladiki, ayrim mutasaddilar o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

Kiritildi: 13:18 17.07.2019. O'qildi: 1273 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!