Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Chumchuq go‘shtidan shashlik tayyorlagan choyxona rahbariga 4120000 so‘m jarima solindi

A A A
Chumchuq go‘shtidan shashlik tayyorlagan choyxona rahbariga 4120000 so‘m jarima solindi

Yangiyo‘l tumanidagi Ulfatlar choyxonasida chumchuq go‘shtidan shashlik pishirilayotgani aks etgan videolavha ijtimoiy tarmoqqa joylashtirildi.

Vaziyatni o‘rganish maqsadida Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Yangiyo‘l tuman bo‘limi va viloyat Ichki Ishlar boshqarmasi post-patrul xizmati xodimlari voqea joyiga yetib bordi, deyiladi viloyat ekologiya boshqarma xabarida.

Qayd etilishicha, inspektorlar o‘rganish davomida bu kabi holatga duch kelmagan.

Choyxona rahbari esa ijtimoiy tarmoqda tarqalgan holatni tushuntirarkan, lavha ilgari mijozlar sonini ko‘paytish maqsadida olinganini, hozir bunga yo‘l qo‘yilmayotganini ma’lum qildi.

Inspektorlar tomonidan kelgusida huquqbuzarlik holati takrorlamaslik yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, choyxona rahbariga nisbatan MJtKning 63-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 4.120.000 so‘m miqdorida jarima chorasi qo‘llanildi.

Kiritildi: 17:38 03.09.2025. O'qildi: 3187 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!