Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Choyni qanday holatlarda ichib bo‘lmaydi?

A A A
Choyni qanday holatlarda ichib bo‘lmaydi?

Och qoringa choy ichmang – bu oshqozon va taloq uchun zararlidir.

O‘ta achchiq choy ham zararlidir – uning tarkibidagi kofein va tanin uyqusizlikka olib keladi.

Choyga uzoq vaqt dam bermang – u o‘z hidi, rangi va ta’mini yo‘qotadi, bakteriyalar paydo bo‘lishini rag‘batlantiradi.

Choyni qayta-qayta damlab bo‘lmaydi – birinchi marta damlaganda 50 foiz foydali xususiyatlarini saqlab qoladi, ikkinchi marta damlansa 30 foiz, uchinchi marta esa bor-yo‘g‘i 10 foizgina foydali jihatlarini o‘zida saqlaydi.

Choyni ovqatdan oldin ichish ham tavsiya qilinmaydi – taomning haqiqiy mazasini yo‘qotadi, protein miqdorini kamaytiradi.

Dorilar bilan iste’mol qilmang – tarkibidagi tanin moddasi dori so‘rilishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Kechagi damlangan choyni ichib bo‘lmaydi – bir kundan oshiq damlangan choyda bakteriyalar hosil bo‘ladi.

Kiritildi: 11:52 04.09.2022. O'qildi: 5282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!