Shavkat Mirziyoyev bugun ushbu loyiha master-rejasi bilan tanishdi.
“Sea Breeze Uzbekistan” xalqaro turizm markazi 10 ta kichik hududga bo‘lib qurish ko‘zda tutilmoqda. Ularning har biri piyoda borish mumkin bo‘lgan ko‘ngilochar maskan va xizmatlarni qamrab oladi. Ikki qirg‘oq o‘rtasida ko‘prik qurilib, keluvchilarga qulaylik oshiriladi. Suv bo‘yida xiyobon, plyaj va dam olish joylari bo‘lsa, qiyaliklarda mehmonxonalar, kottejlar, uylar, restoran va tomoshagohlar bo‘ladi.
Shuningdek, madaniyat, ta’lim, tibbiyot, sport maskanlari barpo etiladi. Ya’ni bu yerda faqat sayohat emas, balki yil davomida yashash imkoniyati ham yaratiladi.