Bugun 18 aprel, 2025 yil, juma

КИР

Chorva mollari ko‘chatlarni shikastlagan ikki kishi 10,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Chorva mollari ko‘chatlarni shikastlagan ikki kishi 10,5 mln so‘m jarimaga tortildi

Samarqand viloyatida chorva mollari ko‘chatlarni shikastlantirgani uchun ikki kishi 10,5 mln so‘m to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kattaqo‘rg‘on tumani Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan tumanning “Alijon” va “Melixo‘ja” mahallasi hududida kuzatuv reyd tadbiri olib borilgan.

Unda Juma—Kattaqo‘rg‘on yo‘l yoniga yashil belbog‘ shaklida ekilgan manzarali daraxtlar atrofiga ushbu mahallalarda yashovchi fuqarolar A.N. va J.B. chorva mollarni o‘tlatishi natijasida bir necha tub manzarali daraxt ko‘chati shikastlangani aniqlangan.

Shu boisdan huquqbuzarlarning har biriga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga binoan bayonnomalar tuzilib, BHMning yigirma besh barobari — 9 375 000 so‘m miqdorida jarima va 1 125 000 so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisoblandi.

Kiritildi: 17:26 05.04.2025. O'qildi: 637 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!