Ramazon oyi munosabati bilan Chortoq tumanida aholini ijtimoiy himoya qilish va oziq-ovqat mahsulotlari bozorida barqaror muhitni ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, tuman hokimligi tashabbusi bilan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentining tuman bo‘limi hamda hududdagi bozorlar o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, maxsus savdo nuqtalari tashkil etildi.
Ushbu savdo maydonlarida asosiy iste’mol tovarlari aholi uchun qulay shartlarda taklif etilmoqda.
Ayniqsa, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlarning uzluksiz yetkazib berilishi va sun’iy narx oshishining oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar nafaqat aholining kundalik ehtiyojini qondirish, balki Ramazon oyida hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash tamoyillarini amalda namoyon etishga ham zamin yaratmoqda.