Bugun 9 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Chiroqchidagi maktab o‘quvchilari bir-biriga bo‘yoq sepdi – holat o‘rganildi

Chiroqchidagi maktab o‘quvchilari bir-biriga bo‘yoq sepdi – holat o‘rganildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi maktablarning birida o‘quvchilar bir-biriga bo‘yoq sepgani aks etgan video tarqaldi. Holat viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.

Unga ko‘ra, holat joriy yil 12 may kuni Chiroqchi tumanidagi 82-sonli maktabning 8-10 sinf o‘quvchilari o‘rtasida sodir etilgan. Tanaffusda o‘quvchilar o‘zaro bo‘yoq laklarini bir-biriga sepish, maktab devoriga ta’sir etganlik holati kuzatilgan.

Maktab ma’muriyatining ma’lum qilishicha, mazkur holatni keltirib chiqargan o‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan huquq tartibot organlari tomonidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Qayd etilishicha, video ota-onalarni farzand tarbiyasiga e’tiborli bo‘lish maqsadida maktabning mas’ul xodimi tomonidan ularga yuborilgan. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda noto‘g‘ri talqin qilinishga urinilgan.

Shuningdek, ta’lim tashkiloti mulki, moddiy-texnik bazasiga ziyon yetkazish holatlari g‘ayriqonuniy harakat hisoblanishini inobatga olib, o‘z navbatida e’tiborsizlik holatlarini yuzaga keltirgan sinf rahbarlari, maktab ma’muriyatiga nisbatan ta’sir chorasi qo‘llanilgani ma’lum qilindi.

Chiroqchi tumanidagi 82-sonli maktab direktori bu kabi salbiy holatlarni oldini olish maqsadida tezkorlik bilan huquq tartibot organlariga murojaat qilib, farzand tarbiyasiga e’tiborli bo‘lishni so‘ragan.

Kiritildi: 17:49 15.05.2025. O'qildi: 813 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!