Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Chirchiqda FVV qutqaruvchilari farzandi yolg‘iz qolgan uy egasiga yordam berdi

Chirchiqda FVV qutqaruvchilari farzandi yolg‘iz qolgan uy egasiga yordam berdi

Kuni kecha, Toshkent viloyati FVBga, Chirchiq shahar hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning birida yashovchi fuqaro uyning kirish eshigi kalitini yo‘qotib qo‘yganligi, uy ichida farzandi nazoratsiz qolganligidan havotirlanib, eshikni ochib berishda amaliy yordam zarurligi to‘g‘risida xabar qilgan.

Xabarga asosan, aytilgan manzilga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadonning kirish eshigi ochib berilgan va uy egasining farzandi sog‘-salomat onasiga topshirilgan.

Kiritildi: 10:33 02.05.2025. O'qildi: 475 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!