Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida 17 yoshli o‘smir kanalda cho‘kib ketdi. 6 kundan beri qidirilayotgani aytilmoqda. Bu haqida “Millar” dasturida xabar qilindi.
Joriy yilning 27 iyul kuni Toshkent viloyati FVBga Bo‘zsuv kanalining ma’lum qismida voyaga yetmagan 17 yoshli yigit cho‘milayotgan vaqtida cho‘kib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan zudlik bilan qutqaruvchilar holat joyiga yetib borgan.
“Millar” dasturiga murojaat qilgan o‘smirning onasi shunday deydi: “Bolam 6 kundan beri yo‘q. U Chirchiq shahridagi "sport shkolada" o‘qir edi. O‘zim Olmaliq shahridanman. U usha yerda maktabga qatnab yurardi. Uning trenerlari 3-4 ta bola bilan cho‘milishga borgan. Nega u meni bolamni so‘ramasdan olib chiqadi va taqiqlangan joyda cho‘miltiradi? O‘g‘limni qidirilishiga ko‘proq xodim biriktirilishini so‘rayman, iltimos”. Hozirda qidiruv qutqaruv ishlari davom etmoqda. Murojaatda kimda-kim ushbu bolani ko‘rsa FVV ga xabar berish so‘raladi.