Bugun 17 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chinoz tumanida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Chinoz tumanida iste’molga yaroqsiz alkogol mahsulotlarining savdoga chiqarilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chinoz tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “A.K.” MCHJ rahbari S.L. va ish boshqaruvchisi M.A. “Sarbozor” MFY hududidagi savdo do‘konlarida umumiy bahosi 156,2 mln so‘mlik turli nomdagi jami 2 317 dona iste’molga yaroqsiz 🍾alkogol mahsulotlarini sotuvga qo‘yganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o‘tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 11:01 31.07.2025. O'qildi: 760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!