Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Chilonzorda qurilish kompaniyasi vakili bilan janjallashgan ayol hushdan ketdi

Chilonzorda qurilish kompaniyasi vakili bilan janjallashgan ayol hushdan ketdi

Poytaxtning Chilonzor tumanida keksa yoshli ayol yashash joyini va daraxtlarni himoya qilish uchun xususiy kompaniya vakili bilan janjallashishi oqibatida hushidan ketdi. Bu haqda jurnalist Nikita Makarenko o‘z Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«Bugun, 13 avgust kuni olingan bu suratda Ekskavator Exclusive kompaniyasi vakilining baqir-chaqiriga uchragan ayol yerda yotibdi. U va boshqalar kompaniya daraxtlarni kesib, ularning uylari yaqinida bino qurishiga norozilik bildirgan edi. Voqea joyida bo‘lgan hokimiyat vakillari nizoni hal qilish uchun hech narsa qilgani yo‘q. Kompaniya ko‘plab daraxtlarni kesib tashlagan. Voqea Chilonzor-17 dahasida, 39—40-uylar oldida yuz bergan», — deb yozadi Makarenko.

Shuningdek, kanalda e’lon qilingan yana bir videoda bir guruh ayollarning qurilish kompaniyasi vakillari bilan baqir-chaqiri aks etgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 avgust kuni kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazgandi.

Yig‘ilishda davlat rahbari joylardagi «snoslar» masalasiga alohida to‘xtalgan.

«Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqardilaring, butun dunyoga sharmanda qildilaring. Qo‘lingdan kelmasa nima qilasan buzib? Buzishdan oldin o‘zingni kallangni buz! Yoki men senlarga shunday topshiriq berdimmi? Odamlarni rozi qilib, loyiha qilib, Bosh vazirga hisobot berib, keyin amalga oshirlaring deganman», — deya kuyingan Prezident.

Manba: zamin. uz

Kiritildi: 21:45 13.08.2019. O'qildi: 1609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!