Bugun 28 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Chilonzorda Nexia-3 va Lacetti to‘qnashdi

Chilonzorda Nexia-3 va Lacetti to‘qnashdi

Joriy yilning 25 may kuni soat 01:00 larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida 2001 yilda tug‘ilgan M.T. Nexia-3 rusumli transport vositasi haydovchisi, rul boshqaruvini yo‘qotib, yoritgichlar uchun mo‘ljallangan ustunga borib urilib qarama-qarshi yo‘nalishga o‘tib ketishi oqibatida 1997 yilda tug‘ilgan A.A. boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomobiliga borib to‘qnashib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

YTH natijasida har ikkala transport vositasi haydovchisi hamda Nexia-3 avtomashina yo‘lovchisiga birinchi yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 11:02 25.05.2025. O'qildi: 748 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!