Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan J.A. va boshqalar noqonuniy daromad orttirishni ko‘zlab, Chilonzor tumani, 6 mavzesida jami 400 dona 50 AQSh dollarlik qalbaki 20 000 AQSh dollarini fuqaro K.N.ga 10 000 AQSh dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.