Bugun 14 sentyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Chilida qariyalar uyidagi yong‘inda 16 kishi halok bo‘ldi

Chilida qariyalar uyidagi yong‘inda 16 kishi halok bo‘ldi

Chilining Pitrufken shahridagi qariyalar uyida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 16 kishi halok bo‘ldi. Yana 10 kishi turli jarohatlar va tutundan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga olib ketildi. Bu haqda "Latercera" xabar berdi.

Fojia 11 sentyabr kuni kechqurun La-Araukaniya hududidagi "El Edén" qariyalar uchun uzoq muddatli parvarish muassasasida sodir bo‘lgan. Yong‘inni o‘chirish uchun yaqin shaharlardan ham o‘t o‘chiruvchilar va tez tibbiy yordam xodimlari jalb etilgan.

Qutqaruvchilar alangani bartaraf etgach, vayronalar ostida qolganlarni qidirish ishlarini boshlagan. Dastlab besh kishining jasadi topilgan bo‘lsa, keyinroq prokuror Xorxe Granado halok bo‘lganlar soni 16 nafarga yetganini tasdiqlagan.

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in vaqtida muassasada jami 26 kishi bo‘lgan. Ulardan 10 nafari evakuasiya qilinib, Pitrufken shifoxonasiga olib ketilgan. Hozirda yong‘in sabablari o‘rganilmoqda.

Kiritildi: 15:22 13.09.2026. O'qildi: 557 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!