Pragadan 135 km sharqda, Policka shahri yaqinida joylashgan metallni qayta ishlash va o‘q-dorilar ishlab chiqarish zavodi omborida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda dw.com xabar berdi.
Qutqaruv xizmatlarining xabar berishicha, kamida bir kishi jiddiy jarohatlangan va vertolyotda kasalxonaga yetkazilgan.
Polisiya voqea joyini o‘rab oldi va ko‘chalarni to‘sib qo‘ydi, kompaniyaning barcha xodimlari evakuasiya qilindi. Kompaniya vakilining dastlabki ma’lumotlarga tayanib aytishicha, portlashning eng ko‘p ehtimoli ishlab chiqarish jarayonidagi texnik xatolik bo‘lgan.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, portlash STV Invest xoldingining portlovchi trotil (trinitrotoluol, TNT) saqlanayotgan omborida sodir bo‘lgan. Boshqa narsalar qatorida, Policka yaqinidagi zavod artilleriya o‘q-dorilarini ishlab chiqaradi. Bundan tashqari, kompaniya piyoda askarlarning eski jangovar mashinalari, tanklari va gaubisalarini ta’mirlaydi va modernizasiya qiladi, fuqarolik sektorida esa avtobuslar uchun eshik tizimlariga ixtisoslashgan.