Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari xabar bermoqda.
Chexiya Markaziy saylov komissiyasining ma’lum qilishicha, saylovda qatnashish darajasi taxminan 55 foizni tashkil etgan.
So‘rovnomalarga ko‘ra, saylovlarda sobiq bosh vazir Andrey Babish boshchiligidagi muxolifatdagi o‘ng qanot ANO partiyasi (“Norozi fuqarolar harakati”) g‘alaba qozonishi taxmin qilinmoqda. Uning asosiy raqibi amaldagi bosh vazir Petr Fiala boshchiligidagi hukmron o‘ng-liberal koalisiya SPOLU (“Birga”) hisoblanadi.
20 foiz saylov byulletenlari qayta ishlanganidan so‘ng, ANO 39,2 foiz natija bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinda 19,4 foiz ovoz bilan hukmron SPOLU koalisiyasi va ularning ittifoqdoshi STAN partiyasi 10,7 foiz bilan joy olgan. O‘ta o‘ng qanot SPD partiyasi esa 8,4 foizga ega bo‘lgan. SPD ANO'ning potensial ittifoqdoshlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.
ANO yetakchisi Andrey Babish Ukrainaga yordam berishga qarshi bo‘lib, bu borada Orban va Fisoga hamfikr hisoblanadi.