Bugun 6 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Chexiyada mamlakat tarixidagi eng yirik kasaba uyushmalari ish tashlashi bo‘lib o‘tadi

A A A
Chexiyada mamlakat tarixidagi eng yirik kasaba uyushmalari ish tashlashi bo‘lib o‘tadi

Chexiya Respublikasi tarixidagi eng yirik kasaba uyushmalari ish tashlashi 27 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va taxminan 1 million ishchisi bo‘lgan yuzlab korxona va firmalarni, shuningdek, maktab muassasalarining 70 foizi xodimlarini qamrab oladi.

Bu haqda Chexiya-Moraviya kasaba uyushmalari konfederasiyasi rahbari Yozef Strshedul ma’lum qildi, deb yozadi “RIA Novosti”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ish tashlashdan maqsad respublika hukumatini jamiyatda bo‘layotgan voqealar haqida “o‘ylashga” majburlashdir.

"Agar ular buni sezmagandek, chetga surib qo‘yish mumkin deb o‘ylasalar, jamiyatdagi kayfiyat yanada yomonlashishi mumkin", dedi Strshedul.

Kiritildi: 07:42 27.11.2023. O'qildi: 991 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!